Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Dunyodagi eng mashhur insayder haqida

Dunyodagi eng mashhur insayder haqida

Baho:
+ | -

Anchadan beri u haqda yozishni o‘ylab yurardim. Kim u o‘zi? Qayerdan bunday ishonchli ma’lumotlarni oladi? Hammasi qanday boshlagan? Xullas, quyida dunyoning eng mashhur insayderi Fabrisio Romano haqida so‘z boradi.

Burilishi nuqtasi – “La Masia”dan qo‘ng‘iroq”

U men bilan deyarli tengdosh bo‘lib, 1993-yilda Neapolda tug‘ilgan. Milandagi nufuzli Muqaddas qalb katolik universiteti bitiriruvchi bo‘lgan Fabrisioning hayoti 18 yoshida, bir telefon qo‘ng‘irog‘i tufayli butkul o‘zgarib ketgan. “La Masia”dagi (“Barselona” futbol maktabi) agentlardan biri yosh jurnalist bilan bog‘lanib, kichik iltimosi bor ekan haqida aytadi.

“U (agent) mendan ikki yosh iqtidorli futbolchi – Jerar Delafeu va Mauro Ikardi haqida maqola yozib berishimni iltimos qilgandi” – deb eslaydi insayder hayotini o‘zgartirgan o‘sha voqeani. Keyinchalik aynan mana shu agent bilan hamkorlik Fabrisioga insayderlik ishidagi starti uchun muhim bo‘lib chiqdi. Ikardining “Sampdoriya” va “Inter”ga transferlari haqidagi insaydlar uni futbol olamiga mashhur qildi.
 
“O‘shanda Ikardining agenti menga – transfer deyarli amalga oshdi, sen bu haqda yozishing mumkin, deb aytgan. U bergan ma’lumotlar aniq bo‘lib chiqdi. Shundan so‘n menga futbol jurnalistikasining bu jabhasi juda yoqib qoldi. Transferlar olami bamisoli changalzor – har kuni qandaydir o‘zgarishlar yuz beradi. Menga bu temp Chempionlar ligasini eslatadi. Aniq insayd esa bu CHL finalida urilgan goldir”.

Muloqot va yana muloqot

Romano juda kam uxlaydi. Sutkada 5 soat uyqu uning uchun bu juda yaxshi deganidir. Doim voqealarni kuzatib borish, dunyoning turli nuqtalarida, turfa soat kengliklarida bo‘layotgan muzokaralar haqida bilish uchun inson kam uxlashdan tashqari ko‘p sonli ishonchli tanishga ega bo‘lishi, ular bilan aloqani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi va oxir oqibat tinmay qo‘ng‘iroqlashib turishi lozim. U futbol agentlari, murabbiylar hamda klub direktorlari bilan muntazam yozishmalar olib boradi. Mana shunday kishilar bilan mutlaq to‘g‘ri muloqot olib borishi italiyalikning eng kuchli jihati sanaladi. Uni bu davralarda juda hurmat qilishadi. Tvitlari bilan dunyo futbol jamoatchiligini ta’sirlantirib yuboruvchi Fabrisio kuniga o‘rtacha 50 nafar inson bilan qo‘ng‘iroqlashadi. Hozirda uni tvitterda 6 mln. nafar foydalunuvchi kuzatib boradi.

Albatta, insayd va insayderlik nozir tushunchalar. Birgina noto‘g‘ri axborot bilan bor obro‘ va nufuzingiz parchalanib ketishi hech gap emas. Fabrisioning faoliyatida ham juda kam bo‘lsada bunday holatlar bo‘lgan. Biroq, uning boshqa insayderlardan farqi hech qachon tezkorlikni aniqlikdan oldinga o‘tkazib yubormasligidir.

“Sen APL, La-Liga, A Seriya yoki Bundesligani kuzatib borib, ularga bog‘iq ma’lumotlarni doim ham birinchi bo‘lib yetkazib borishing ilojisiz. Buni qabul qilish lozim. Men odamlar o‘qiganda – ha, buni Fabrisio yozdi, demak bu ishonchli ma’lumot, deyishlarini istayman”.
 
Yuqorida eslanganidek, Romano tvitter mikroblogining faol foydalanuvchisidir. U o‘z sahifasida nafaqat muhim insaydlarni e’lon qilib boradi, balki ayni vaqtda har kuni futbol muxlislari bilan muloqot qiladi.
 
“Albatta hammaga javob berish imkonsiz. Biroq men iloji boricha savollarga javob berishga intilaman, chunki futbol ishqibozi bo‘lish nima ekanini yaxshi his qilaman. Bu jarayonni juda yoqtiraman” – deydi Fabrisio Romano.

Italiyalik jurnalist Yevropaning nufuzli Sky Sports telekanali va The Guardian nashri bilan yaqindan hamkorlik ham olib boradi. Romanoning yangi tvitini butun duyodagi o‘n minglab futbol jurnalistlari kunduzi intiqlik bilan, tunlari esa mijja qoqmay kutishadi. O‘sha tvit paydo bo‘lgach bu jurnalistlar Fabrisioga tayanab milliarlab fubol ishqibozlariga yangi tranfer haqida xabar berishadi. Bu ajoyib jarayon bo‘lib, uning markazida Fabrisio Romano turadi.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 09:46, 24.12.2021.
O'qildi: 2386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.