Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Bu natijaga ingliz klublari ichida faqat ular erishgan (3+)

Bu natijaga ingliz klublari ichida faqat ular erishgan (3+)

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining guruh bosqich bahslari o‘z yakuniga yetdi. Bu mavsumdagi o‘yinlar ham bir-biridan shiddatkor va qiziq kechdi. Musobaqaning guruh bahslari sensatsiyalar bilan yodimizda qoldi. "Real Madrid"ning "Sherif"ga mag‘lubiyati (Yaxshiboyev goli bilan) hamda "Barselona"ning pley-offdan quruq qolgani, shular jumlasidandir. Boshqa tomondan yana bir faktor ko‘zga tashlanadi. Bu Angliya klublarining muvaffaqiyatli ishtiroki. Har yili u yoki bu ingliz jamoasi guruh bosqichida qolib ketar edi. Ammo bu yili APLning 4ta klubi ham pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ayniqsa, "Manchester Siti" klubi raqiblariga imkoniyat bermadi. Xususan, "Bryugge"ga qarshi o‘yinda ham. Unda Juan Kanseluning o‘yini barchani qoyil qoldirgan edi. U o‘yinda 3ta assistga muallifik qilgan. Quyida siz bilan YECHLda ana shunday uch va undan ortiq assistni bir o‘yinning o‘zida amalga oshira olgan ingliz klublari a’zolari haqida gaplashamiz.

Kevin De Bruyone ("Man Siti" - "Tottenxem", 17 aprel, 2019 y.)

O‘shanda chorak final bahsi edi. Ha, o‘yinning umumiy ssenariysiga ko‘ra, "Man Siti" mag‘lub bo‘ladi. Ammo 21 daqiqa ichida urilgan 3ta gol "shaharliklar"ni oldinga olib chiqqan edi. Ushbu gollarning har uchallasiga ham De Bryoyne assistentlik qiladi. Ammo bu gollar yetarli bo‘lmaydi. Fernando Lyorentening hisobni tenglashtiruvchi zarbasi "shporlar"ni mehmondagi gol evaziga keyingi bosqichga olib chiqadi. Lekin De Bryoyne o‘z o‘yini bilan tarixda qoladi.

Duayt York ("MYU" - "Brondbyu", 21 oktyabr, 1998 y.)

York 1998 yilning yozida "MYU"ga "Aston Villa"dan tashrif buyuradi. Hujumchi debyut mavsumidayoq "qizil iblislar"ni trebl qayd etishida o‘z hissasini qo‘shgan edi. York "Brondbyu"ga qarshi bahsda 3ta golli uzatmani aniq ijro etib, jamoasi g‘alabasini ta’minlaydi (6-2). Uning mavsumdagi umumiy gollari soni esa 29taga yetadi.

Rayan Giggs ("MYU - "Roma", 10 aprel, 2007 y.)

Umuman olganda, Giggz YECHLning bir o‘yinida 3ta assist qayd etgan "MYU"dagi uchta futbolchidan biri edi. Ammo o‘sha, "Roma"ga qarshi bahsda u birdaniga to‘rtta golli uzatma berib, bu natijani qayd etgan yagona ingliz futbolchisiga aylanadi. Hisob esa 7-1ga yetib, "MYU" osongina g‘alaba qozonadi.

Xuan Veron ("MYU" - "Deportivo", 10 aprel, 2002 y.)

Xuan Sebastyan Veron ushbu klubda uchta assistga bitta bahsda mualliflik qilgan ikkinchi futbolchi edi. U bu natijaga "Deportivo" 3-2 hisobida dog‘da qoldirilgan tunda erishadi. Bu orqali esa "MYU" 2001-2002 yilgi YECHL yarim finaliga yo‘l oladi.

Andrey Arshavin ("Arsenal" - "AZ Alkmar", 4 noyabr, 2009 y.)

Hatto hozir ham ko‘pchilik Arshavinni 2009 yilning aprelida, "Liverpul" maydonida urgan to‘rtta goli bilan eslaydi. Ha, o‘sha paytlar rus hujumchisi Arsen Venger jamoasining haqiqiy yetakchisi edi. Arshavin yanvar oyidagi transferlar bozorida sotib olinadi. Ko‘p o‘tmay o‘z foydasini bera boshlaydi. Uning yana bir ko‘rsatgan qahramonligi, YECHLning guruh bosqichida niderland klubiga qarshi bajargan uchta assisti edi. Bu orqali "Arsenal" 4-1 hisobida "AZ Alkmaar"ni taslim qiladi.

Jeyms Milner ("Liverpul" - "Spartak Moskva", 6 dekabr, 2017 yil)

Serqirra futbolchi jamoasining hozirgacha yetakchisi hisoblanadi. Milner ham YECHLda xet-trikli assist qilgan ingliz futbolchisi. Ammo u bu ishni o‘yinni yarmidan boshlagan. O‘shanda mersisayd jamoasi 7-0 hisobida "Spartak"ni tor-mor etib, 2009 yildan beri ilk marta pley-off bosqichiga yo‘l olgandi.

Leroy Sane ("Man Siti" - "Shalke 04", 12 mart, 2019 yil)

Leroy Sane 2019 yilda o‘zining sobiq klubini taslim etishda faol qatnashganlardan biri bo‘ladi. Nemis futbolchisi o‘shanda bitta gol hamda uchta assist bilan o‘yinni yakunlaydi. "Manchester Siti" esa umumiy hisobda 10-2 bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Juan Kanselu ("Man Siti - "Bryugge", 3 noyabr, 2021 yil)

Gvardiolaning mana shu shogirdi so‘nggi paytlarda qolganlardan ancha ajralib turibdi. Xususan, noyabr avvalidagi YECHL bahsida uchta golli uzatmaga mualliflik qilib, jamoasini 4-1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan edi. Uning Manchester derbisidagi harakatlari ham tahsinga sazovar. Gvardiolaning o‘zi esa, APLda yana yakka peshqadamlik qila boshladi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 17:35, 25.12.2021.
O'qildi: 2900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.