"MYU" ustozi Ralf Rangnik jamoa futbolchisi haqida gapirdi. U Marsyal taqdiri haqida shunday deydi:
"Men kelganimdan buyon, hozirgi davrgacha Marsyal uchun hech bir klub taklif yuborgani yo‘q. Men bunday xabarni eshitmadim. Shunday ekan, u jamoada qoladi. U menga ketishni istayotganini aytgan edi. Biroq u vaziyatni yaxshi tushunishi lozim".
Eslatib o‘tamiz, "MYU" hozirda turnir jadvalida 7 pog‘onada bormoqda.