"Yuventus" safida ijarada harakat qilayotgan ispaniyalik futbolchi Alvaro Morata yana "Atletiko"ga qaytishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Diyego Simeone va Alvaro Morata hujumchining jamoaga qaytishini muhokama qilishdi. Agar ispaniyalikning roli borasida kelishuvga erishilsa, u qaytishi mumkin. Simeone va Morata o‘rtasida "yomon munosabatlar" yo‘q.