Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Oybek Kasimov Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasining mas’ullarini qabul qildi

Oybek Kasimov Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasining mas’ullarini qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisining maslahatchisi Chi Runlinni bilan uchrashdi.

Samimiy o‘tgan uchrashuvda ikki mamlakatning sport sohasida olib borayotgan do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlash, yaqinlashib kelayotgan Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida delegasiyamiz uchun qulayliklar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

“Davlatimiz rahbarlarining iqtisod, siyosat, madaniyat kabi sohalarda olib borayotgan chuqur hamkorliklarini sport yo‘nalishida olib borayotganimizdan bag‘oyat mamnunmiz. Xitoy dunyodagi yetakchi sport derjavalaridan biri. Epidemiologik vaziyat ortga chekinishni boshlagan vaqtda O‘zbekiston va Xitoy Milliy Olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Prezidentimiz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston sportini rivojlantirishda Xitoy tajribasidan foydalanish biz uchun foydali”, – dedi Oybek Kasimov.

O‘z navbatida Chi Runlin ham yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan mamnun ekanini ta’kidladi.

“Avvalambor, Toshkent shahri 2025 yil o‘tkaziladigan yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlikni qo‘lga kiritgani bilan samimiy qutlaymiz. O‘zbekistonlik sportchilarning yirik musobaqalardagi ishtirokini kuzatib boraman. Prezidentning e’tibori bilan O‘zbekiston ko‘p yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi sport sohasida ham ulkan yutuqlarga erishmoqda. Shuningdek, Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasining ishtiroki bo‘yicha amaliy yordam qilishga tayyormiz”, – dedi Xitoy elchisining maslahatchisi.

Xitoy 2022 yilning o‘zida qishki Olimpiya o‘yinlari, yozgi Osiyo o‘yinlari, Butunjahon universiadasi, yoshlar Osiyo o‘yinlari kabi yirik kompleks musobaqalarni qabul qiladi. O‘z navbatida, Oybek Kasimov bo‘lajak musobaqaga tayyorlanishda Xitoy tajribasini o‘rganish va undan foydalanish haqida fikr almashdi. Shuningdek, MOQ Bosh kotibi delegasiyamizning Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumot berdi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 18:44, 28.12.2021.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.