Kirish Ro'yxatdan o'tish

MLSning ikki klubi Suaresga shartnoma taklif qildi

MLSning ikki klubi Suaresga shartnoma taklif qildi

Baho:
+ | -

“Atletiko” hujumchisi Luis Suares faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Nikolo Skiraning xabar berishicha, 34 yoshli urugvaylik futbolchiga Shimoliy Amerika ligasining ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Suaresga "Inter Mayami" qiziqayotgani malum bo‘lgandi. Urugvaylik hujumchining “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi.

Suares joriy mavsumda 24 o‘yin o‘tkazib, 8 gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:29, 29.12.2021.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.