Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yetakchi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabrisio Romanoning Twitterda xabar berishicha, Zakariya Myunxengladbaxning "Borussiya" klubiga mavsum oxirida erkin agent sifatida klubni tark etish rejasini aytdi.
"Barselona" va boshqa ko‘plab klublar uning agenti bilan aloqada. Hali hech narsa kelishilmagan, qaror qabul qilinmagan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli shveysariyalik futbolchi joriy mavsum Bundesliganing 15 o‘yinida maydonga tushib, 2 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.