Kirish Ro'yxatdan o'tish

MOQ hamda Turizm va sport vazirligi Yangi yil arafasi sport faxriylarini qutlamoqda

MOQ hamda Turizm va sport vazirligi Yangi yil arafasi sport faxriylarini qutlamoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbek sportining oltin genfondi – faxriylarimiz doimo e’tiborda. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami arafasida Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi bir guruh faxriylarimizning holidan xabar oldi.

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi mutasaddilar dastavval Qo‘mita binosida Sobir Ro‘ziyev, Erkin Gizov, Vladimir Pyatayev kabi uzoq yillar sportimiz rivojiga hissa qo‘shgan faxriylarimizni qutlashdi. Shundan so‘ng “Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyevning holidan xabar olish uchun uning xonadoniga tashrif buyurildi.

Avval ma’lum qilganimizdek, hozirda hukumatimizning e’tibori bilan Rufat Risqiyevga 3 xonali uy qurib berilmoqda. Ayni paytda yangi uyning asosiy qismi bitgan bo‘lib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Rufat aka kirib kelayotgan yangi yilda davlatimiz tomonidan qurib berilayotgan yangi uyda qarilik gashtini surishda davom etadi.

Shuningdek, Bahodir Maxsitov boshchiligidagi Kengash vakillari poytaxtimizdagi Shaxmat akademiyasida ham bo‘lishdi. U yerda O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan an’anaviy turnirda shaxmat faxriylari, yoshlar bilan uchrashib, bayramona kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda do‘stona o‘yinda o‘zaro dona surishdi. Shundan so‘ng taqdirlash marosimida faxriylarga esdalik sovg‘alarini taqdim qildilar.

Mutasaddilar bir necha kundirki, poytaxtimiz va viloyatlardagi boshqa faxriylarimizning xonadoniga ham tashrif buyurishmoqda. Ularning holidan xabar olishmoqda va Yangi yil bilan qutlab, ajratilgan moddiy yordamni o‘z egalariga topshirmoqdalar.

O‘z navbatida, faxriylarimiz davlatimizning ko‘rsatayotgan bunday e’tiboriga javoban xalqimiz farovonligi va Prezidentimizning salomatligi uchun duo qilib qolishdi.

Kiritildi: 12:14, 30.12.2021.
O'qildi: 1015 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.