Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Xalqaro dzyudo federasiyasi qoidalarga o‘zgartirish kiritdi

Xalqaro dzyudo federasiyasi qoidalarga o‘zgartirish kiritdi

Baho:
+ | -

Har Olimpiya siklida deyarli barcha sport turlarida qonun-qoidalarga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu borada Xalqaro dzyudo federasiyasi ham qoidalarga kichik o‘zgarishlar qilishga qaror qilgan. Federasiya saytida Parij-2024 Olimpiada sikli uchun yangi qoidalar haqida videodastur chop etildi. Unda IJF hakamlar supervayzeri va sharhlovchisi Neyl Adams batafsil tushuntirish bergan. Masalan,

Hujumga o‘tgan dzyudochi usulni bajarishda tanaffussiz harakatni oxiriga yetkazsa, doimgidek baho beriladi. Biroq baho keltirilmagan harakatdan so‘ng yerdagi raqibga boshqa usul qo‘llash bundan buyon ochko keltirmaydi.


Usulga tushib qolgan dzyudochi yiqilayotganda tirsagi yoki qo‘lini matga qo‘yib olsa, raqibiga baho berilishi barbarida o‘ziga shido (ogohlantirish) ham ko‘rsatiladi.
Dzyudochilar tilida aytganda, koreys yoki mo‘g‘ilcha yo‘nalishdagi seo-nagi usulini bajarish ham taqiqlanib, bunday usulga o‘tgan vakilga shido beriladi.


Kurash vaqtida raqibning kimonodan ushlash holatini uzsayu, o‘zi darhol hujumga o‘tmasa, shido ko‘rsatiladi.


Bellashuv vaqti kiyim va sochlarni tartibga keltirib olish uchun qo‘shimcha 1 marotabadan ruxsat beriladi. Ikkinchi va uchinchi shunday urunishlar vaqt cho‘zishga urunish deb hisoblanib, bu ishni qilgan dzyudochi shido bilan jazolanadi.


Bu yangi qoidalarning ba’zi e’tiborlilari. Bu haqida batafasil Xalqaro dzyudo federasiyasining rasmiy saytida tanishib olish mumkin. Mazkur o‘zgarishlar 26-28 yanvar kunlari Portugaliyaning Odivelash shahrida o‘tadigan Gran-pri musobaqasidan boshlab Parij-2024 sikli yakunigacha amal qiladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:24, 02.01.2022.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.