Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Dinamo» jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshladi

«Dinamo» jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 5 yanvar kunidan boshlab «Dinamo» jamoasi 2022 yilgi yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishdi.

Jamoamiz Samarqand shahar Charxin qo‘rg‘onida joylashgan «Dinamo» PFK tasarrufidagi bolalar-o‘smirlar futbol maktabida klub homiysi «Agromir Buildings» tomonidan foydalanishga topshirilgan sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

2021 yilgi mavsumdan keyin jamoa bilan shartnomasi yakuniga yetgan Jasur Hasanov, Obid Jo‘raboyev, Sardor Eminov, Ro‘zimboy Ahmedov, Islom Sharipov, G‘olib Sariboyev, Oleg Marchuk, Dmitro Sidorenko, Siroj Meliyev, Timur Hakimov, Timur Usmanov klub bilan xayrlashdi. «Dinamo» PFK ushbu o‘yinchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Klub tez orada jamoada ish boshlaydigan murabbiylar shtabi va shartnoma imzolangach, yangi futbolchilar haqida ma’lumot beradi. Ilk yig‘inda asosan o‘tgan mavsumda jamoada bo‘lgan o‘yinchilar va mahalliy yosh futbolchilar ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Manba: Динамо матбуот хизмати
Kiritildi: 15:23, 05.01.2022.
O'qildi: 1762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик