Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“Real” Mbappe va Xolandni sotib olmoqchi?! Bu futbolchilar Benzema va Vinisius bilan birga o‘ynay oladimi?

“Real” Mbappe va Xolandni sotib olmoqchi?! Bu futbolchilar Benzema va Vinisius bilan birga o‘ynay oladimi?

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Madridning “Real” klubi OAV e’tiborida bo‘lib turibdi. Chunki, “qaymoqranglilar” katta transferlarga tayyorlamoqda.

“Real Madrid”ning barcha muxlislarining hayoli va ongida faqat ikkita nom paydo bo‘ladi: Mbappe va Xoland.

Bu ikki yulduz bilan shartnoma imzolanishi jahon futboli uchun zarba bo‘ladi. Sababi, bunday saviyadagi futbolchilarga ega klub bilan to‘qnashish hech qaysi jamoani xursand qilmasa kerak, chamamizda. Ammo, Erling va Kilian bilan imzolangan shartnoma “qirollik klubi”da bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Aniqrog‘i, Karlo Anchelotti bu ikki futbolchini maydonda qanday sxemada joylashtirishni aniqlashi talab qilinadi. Shu bilan birga joriy mavsumda ajoyib o‘yin namoyish qilib, muxlislarini xursand qilayotgan Karim Benzema va Vinisius Juniorni ham unutmaslik kerak.

Agar, “Real” bu ikki yulduzni sotib oladigan bo‘lsa, Papa Karlo qanday taktik sxemani tanlaydi?! Quyida biz sizlar bilan shu haqida biroz fikr almashishga va ehtimoliy taktik ko‘rinishlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

Mbappe va Xoland bilan “Real Madrid”ning boshlang‘ich tarkiblari:

4-3-3

Ushbu sxema to‘rtta hujumchi ostida ishlamaydi. Bu esa jamoani biroz beqarorlashtiradi.Ammo, bu tarkibda Benzema asosiy tarkibda bo‘lmaydi.

 

4-4-2

To‘rtta tajovuzkor futbolchini birgalikda ko‘rishuchun 4-4-2 sxemada o‘ynash eng jozibali usul bo‘lmasa-da, kam sonlilardan biridir.

Bu ko‘rinishda yarimhimoyachilarning bir qismi asosiy tarkibdan chetda qolishi kerak (masalan, Kazemiro), Mbappe va Vinisius yarimhimoyaga yordam berishlari uchun biroz orqaroqda o‘ynashi talab etiladi. Himoyada to‘rtta futbolchi harakat qiladi. Ammo, tayanch zonasida Kazemironing yo‘qligi, markaziy himoya qismini biroz zaiflashtirishi mumkin.  

 

4-2-3-1

Bu sxema 4-4-2 ga juda o‘xshaydi, lekin aniqroq qaraydigan bo‘lsak, bu ikki ko‘rinish katta farq qiladi. Chunki, bu vaziyatda Karim Benzema markaziy hujum chizig‘idagi Xolandning ortida harakat qiladi.

Bu himoyaviy ko‘rinishdagi taktik sxemada Kazemiro, Fede Valverde yoki Kamavinga kabi yarimhimoyachilarni o‘ynashga imkon bermayadi, shuningdek, qanot himoyachilari (Karvaxal va Mendi) maydonda ko‘proq joyda harakat qilishiga imkon beradi.

 

3-5-2

Himoyada uchta, yarimhimoyada uchta va hujumda to‘rtta futbolchi harakat qiladi. Bu sxema esa Madrid klubiga ko‘proq hujum qilish imkonini beradi. To‘p tezda raqib jarima maydonchasiga yetkaziladi va hujumchilar imkon qadar raqib darvozasini ishg‘ol qilishga harakat qiladi.

Markaziy hujum pozisiyasida Benzema (chap) va Xoland (o‘ng) harakat qiladi. Vinisius ko‘proq chap qanotdan hujumlarni rivojlantirishga harakat qilsa, Mbappe esa o‘ng tomonda Erling bilan birga o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yarimhimoya chizig‘i deyarli o‘zgarishsiz — Kroos, Modrich, Kazemiro. Himoyada esa Militao, Alaba va Mendidan trio harakat qilishi mumkin.

 

HALA MADRID! VAMOS REAL!!! 

 

“Madridistanews.com” saytidan Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

 

Manba: madridistanews.com
Kiritildi: 21:44, 05.01.2022.
O'qildi: 3781 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.