Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

2021 yilda eng ko‘p gol urgan futbolchilar: Ronaldu va Messi kuchli 4 talikka ham kira olmadi

2021 yilda eng ko‘p gol urgan futbolchilar: Ronaldu va Messi kuchli 4 talikka ham kira olmadi

Baho:
+ | -

2021 yil yakunlari haqida gapirishda davom etamiz. Bu safar yilning eng yaxshi to‘purarlari haqida gaplashamiz. Robert Levandovski ketma-ket uchinchi yildirki eng yaxshi goleodorlikni hech kimga bermay kelyapti. So‘nggi uch yil ichida polshalik hujumchi 161 uchrashuvda 170 ta gol urgan.

8-10. Memfis Depay, 60 o‘yinda 39 gol

Hujumchi bahorda “Lion” safida 14 ta gol urdi. "Barselona"ga o‘tgan Depay hujumdagi jamoaning asosiy yulduziga aylandi va 21 o‘yinda sakkizta gol urdi. Memfis 2021 yilda terma jamoasi uchun u 16 o‘yin o‘tkazdi va ulardan faqat uchtasida samarali harakat qilmadi. Uning hisobida 17 ta gol bor, shu jumladan, bitta xet-trik va beshta dubl.

8-10. Muhammad Saloh, 58 o‘yinda 39 gol

37 ga 2 bu nisbatda Saloh "Liverpul" va terma jamoa uchun gollarni bo‘lishib oldi. Hujumchi Chempionlar ligasida 10, Angliya kubogida 3 va Angliya premer-ligasida 24 gol urgan. Muhammad hozirda Premer-liganing 2021/2022 yilgi mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Birinchi davradan so‘ng uning "gol+pas" tizimi bo‘yicha 15+9 ochkosi bor.

8-10. Artur Kabral, 51 o‘yinda 39 gol

23 yoshli braziliyalik bahorda "Bazel" uchun 12 ta, 22 iyuldan beri esa 27 (!) gol urgan. Kabral Konferensiya ligasining saralash bosqichidagi har bir o‘yinda kamida bitta gol urgan va guruh o‘tinlarida oltita o‘yinda beshta gol urgan. Shveytsariya chempionatida Artur porlamoqda: xususan, u “Servet” bilan o‘yinda poker qayd etdi. Qishda Kabral klubini o‘zgartirishi mumkin, boshqalar qatori unga "Zenit" ham qiziqmoqda.

7. Dushan Vlahovich, 56 o‘yinda 41 gol

Vlahovich A Seriyada deyarli barcha gollarini kiritgan (33 ta gol). Italiya kubogida “Kozenza” bilan o‘yinda Dushan dubl qayd etgan bo‘lsa, terma jamoa safida olti bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, serb Italiya chempionatining 23 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat hujumchisiga aylandi. Bu qishda u Yevropaning top klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

6. Lionel Messi, 60 o‘yinda 43 gol

Birgina 2021 yilning yanvar va fevral oylarida Leo 14 ta gol urdi. Argentinalik futbolchi bu yil PSJga qo‘shilishdan oldin juda samarali harakat qildi. Yangi klubi safida Messi 16 uchrashuvda atigi 6 ta gol urgan. Terma jamoadagi o‘yinlariga kelsak, argentinalik futbolchi 16 o‘yinda 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

5. Krishtianu Ronaldu, 64 o‘yinda 46 ta gol

Krishtianu "Yuventus", "Manchester Yunayted" va Portugaliya uchun mos ravishda 20, 13 va 13 ta gol kiritdi. Hozirgacha Ronaldu uchun eng muhim gollar terma jamoa uchun bo‘lgan. Portugaliya terma jamoasi safida kiritgan gollari uchun gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bundan tashqari, 2021 yilda hujumchining faoliyatidagi gollari 800 tadan oshib ketdi.

4. Karim Benzema, 63 o‘yinda 47 gol

Yozda Benzema terma jamoaga qaytdi va Yevro-2020da Portugaliya va Shveysariya bilan o‘yinlarda u dubl qildi. Qolaversa, fransuz Millatlar ligasining yarim finali va finalida ham ajralib turdi. Forvard 2021 yilda “Real” safida 38 ta gol urdi.

3. Erling Xoland, 51 o‘yinda 49 gol

Xolandning o‘yiniga har qanday hujumchi havas qiladi. Norvegiyalik futbolchi bahorda 11 (!) dubl qayd etgan bo‘lsa, kuzda Bundesliganing 10 o‘yinida 13 ta gol urdi. Chempionlar ligasida 7ta gol urdi. Norvegiya terma jamoasi safida 8 o‘yinda 6 ta gol urdi.

2. Kilian Mbappe, 67 o‘yinda 51 gol

Mbappe barcha klub musobaqalarida gol urdi va UYEFA Millatlar ligasining yarim final va finallarida katta rol o‘ynadi, ikki marta gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Yevro-2020da fransuz o‘zini ko‘rsata olmadi, lekin noyabr oyida va JCH saralash bosqichida Qozog‘istonga to‘rtta, Finlyandiyaga bitta gol urdi. Buning evaziga Fransiya 2022 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Kilian 2021 yilda PSJ safida 43 ta gol urdi.

1. Robert Levandovski, 59 o‘yinda 69 gol

Bundesliganing 2020/2021 yilgi mavsum 2-davrasining faqat bitta o‘yinida Levandovski gol ura olmadi. Robert ligada 43, Chempionlar ligasida 11, Germaniya Superkubogida ikkita, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkita va Polsha uchun 11 gol urgan. Shu tariqa, polyak Krishtianu Ronalduning 2013 yildagi natijasidni takrorladi. O‘shanda portugaliyalik futbolchi 69 ta gol bilan “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqandi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 13:07, 06.01.2022.
O'qildi: 6568 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.