Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Lukaku yolg‘iz emas. Premyer-ligada yana kimlar muxlislardan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan?

Lukaku yolg‘iz emas. Premyer-ligada yana kimlar muxlislardan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan?

Baho:
+ | -

Lukaku yil boshidan beri o‘z intervyulari tufayli janjalga aralashib qolgan. Kecha esa belgiyalik futbolchi o‘z muxlislaridan xato qilganini tan olib, kechirim so‘radi. Bu uzr so‘rash APLda avval ham bo‘lganmi?! Biz shunga qiziqib ko‘rdik va oldin ham Angliyada Lukaku vaziyatiga o‘xshash holat bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik. 

Angliyada yil boshi juda ham olovli tarzda  boshlandi. Bu nafaqat futbol uchrashuvlar va koronavirus tufayli o‘yinlarning qoldirilishi, balki “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku dekabr oyida Italiyada mahalliy “Sky Sports” nashriga bergan intervyusi ham olovga yog‘ sepgandek bo‘ldi. Intervyu o‘tgan hafta OAVda e’lon qilindi va Angliyada Italiyaga qaraganda ko‘proq rezonansga sabab bo‘ldi. Jurnalistga bergan intervyusida Lukaku “Chelsi”da o‘zini baxtsiz deb hisoblamagani va “Inter”ga qaytish istagi borligini ham aytib o‘tgan. Shuningdek, u hech qachon “neradzurrilar”ni tark etishni istamaganligini aytgan.

Ko‘p o‘tmay, Lukaku bu uchun muxlislardan bu ishi uchun uzr so‘radi. Kechirim so‘ragach, Lukaku maydonga qaytdi va bu xabar ko‘p o‘tmay unitiladi. Hozir esa Angliyada yana kimlar muxlislaridan uzr so‘rashga majbur bo‘lgan haqida ma’lumot beramiz.

 

Ueyn Runi

2010 yilda Runi “Manchester Yunayted” rahbariyatidan o‘z transferini so‘ragan. Bu esa ko‘pchilikka unchalik yoqmagan edi. Sababi, o‘sha paytda futbolchiga “Manchester Siti”dan qiziqish bildirilgan edi. Siz qanday hodisa bo‘lishini tasavvur qilishingiz mumkin. Ammo, ser Aleks Fergyuson odamlar bilan qanday qilib malakali ishlashni bilardi va Runini fikridan qaytara oldi. Barcha mish-mishlar tezda bostirildi, ammo orada noqulaylik bor edi. Keyin, Fergyuson Runi omma oldida kechirim so‘rashiga va’da berdi. Ueyn buni bir oydan keyin amalga oshirdi.

Barchasi tezda unutildi va mavsum yakunida chempionlik bilan tugadi, shuning uchun Runining noto‘g‘ri xatti-harakatlari muxlislar tomonidan esdan chiqarilgan.

 

Stiven Jerrard

Stiven “Manchester Yunayted”ga qarshi muhim o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Keyinchalik esa sardor jamoasiga yordam berish uchun ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va haddan tashqari ishtiyoqmandlikni oshirib yubordi. Jerrard maydonga tushgan zahoti Erreraga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va shu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, jamoasini prinsipial raqib bilan o‘yinda qiyin ahvolda qoldirdi. Bu o‘yin “Manchester Yunayted”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Men jamoadoshlarim va muxlislarimni tushkunlikka tushirdim”, dedi Jerrard o‘yindan keyin. - To‘liq javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Uzoq vaqtdan beri o‘yindaman, lekin bunga nima sabab bo‘lganini ayta olmayman”. 

O‘sha vaqtda Jerrard mavsum so‘ngida “Liverpul”ni tark etishi ma’lum edi. U “qizillar” safidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi so‘nggi o‘yinni shunday tasavvur qilgan bo‘lsa kerak.

 

Bruno Fernandesh

Fernandesh “Manchester Yunayted”da juda yaxshi obro‘ga ega, jamoada nima bo‘lishidan qat’i nazar, unga nisbatan juda kam shikoyat bo‘ladi. Ammo, shunday bo‘lsa-da, portugaliyalik o‘z muxlislaridan uzr so‘rashga majbur bo‘lgan. Gap “Manchester Yunayted” mag‘lub bo‘lgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yin haqida ketmoqda, Fernandesh mazkur bahsda hammasini o‘zgartirishi mumkin edi, ammo uchrashuv oxirida to‘pni yuqoriga tepib, penaltidan gol ura olmadi. Shundan so‘ng, portugaliyalik ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lgan voqeani tushuntirib, ushbu xato uchun kechirim so‘radi. Ko‘pchilik bu vaziyat kechirim so‘rashga arzimasligiga rozi bo‘ldi. Hatto “Sky Sports” nashri eksperti va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill ham Fernandeshga aytgan.

 

Granit Jaka

Shveysariyalik Granit Jaka ham bir vaqtlar muxlislaridan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. Ammo, futbolchi uzr so‘rashni xohlamagandi, lekin faoliyatini “Arsenal”da davom ettirish uchun u buni qilishga majbur bo‘ldi. “Kanonirlar”ning ketma-ket omadsiz uchrashuvlaridan so‘ng, o‘sha paytda jamoa sardori bo‘lgan Jaka borgan sari muxlislar nishoniga aylanib borardi.

O‘z maydonidagi “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda “Arsenal” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo shveysariyalik raqibga hisobni tenglashtirishga imkoniyat yaratib berdi. Shundan keyin murabbiy Jakani almashtirishga qaror qilishdi. Ammo, zaxira o‘rindig‘i tomon ketayotgan Granitdan muxlislar norozi bo‘lishdi.

Muxlislarning hushtaklari va hayqiriqlari futbolchini g‘azablantirdi va u tribuna tomon qo‘llari bilan yoqimsiz ishora qildi. “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri Jakkining xatti-harakati noto‘g‘ri ekanligini tan oldi, uni sardorlik maqomidan mahrum qildi va keyinroq yarimhimoyachi muxlislardan kechirim so‘radi.

 

Jek Grilish 

Butun Buyuk Britaniya 2020 yilda koronavirus sabab karantin joriy qilganligi sababli, ko‘p narsalarga cheklov qo‘yildi. Ammo, Premyer-liga yulduzlari o‘zlarini qoidalardan ustun deb hisobladi va bir qator hodisalarga sabab bo‘ldi. Ular orasida Grilish ham bor edi, u karantin qoidalariga zid tarzda ziyofatdan chiqib ketayotganda baxtsiz hodisaga uchradi. Grilish ijtimoiy tarmoqlarida muxlislar va klubdan emas, balki butun mamlakatdan kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 14:58, 06.01.2022.
O'qildi: 3841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.