Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq 1-0 Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay

Vudvord kalitlarni Rangnikka topshirmoqda

Vudvord kalitlarni Rangnikka topshirmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ijrochi direktori Ed Vudvordning bo‘lajak iste’fosi haqidagi xabar kechagi kunning eng e’tiborli xabarlaridan edi. 50 yoshli Vudvord 2013 yildan buyon APLning eng sovrindor klubi tizimidagi eng qudratli shaxs bo‘lib turgandi.

U qanday qilib Manchesterga kelib qolgan? Nega aynan hozir iste’fo bermoqda? Endi klubda eng qudratli shaxs kim? Quyida shu savollarga javob izlashga harakat qildim.

Edvard Garet Vudvord "Manchester Yunayted" klubiga, aksar o‘ylagandek, 2013 yilda emas, ancha avvalroq, Gleyzerlar bilan birga ikkiminginchi yillar o‘rtasida (2005) kelgan. Birlamchi ma’lumoti fizik bo‘lgan Ed keyinroq moliyaviy yo‘nalishda ham ta’lim olgan. Asr avvalida qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar bilan ishlash borasida ustasi faranglardan edi. Keyinchalik o‘z sarmoyasiga ega bankir bo‘lib ulgurgan Ed Vudvord 2005 yilda Malkolm Gleyzer tomonidan MYU klubi aksiyalarini xarid qilish amaliyotiga rahbar qilib yollanadi. 2007 yilda klubning Gleyzerlar tasarrufiga o‘tishi yangi rahbarlarni bu ishda o‘zini ko‘rsatgan Vudvordni taqdirlashga undaydi. Shu tariqa u 2007 yilda klubda tijoriy direktor lavozimi egallaydi.

2013 yilga borib esa Manchesterda epoxa yakuniga yetayotgandi. Jamoa Ser Aleks Fergyuson bilan xayrlashar ekan shotlandning boshqaruv formati ham tarixga yozilardi. O‘shanda ijrochi direktor Devid Gill ham qariya murabbiy bilan birga iste’foga chiqdi. Bo‘shagan o‘ringa ambisiyali Vudvord tayinlandi.

Endi Ed transferlar masalasida MYUda ishlagan istalgan murabbiydan og‘irroq vaznga ega bo‘ldi. Bu Moyesmi yoki Mourinyo farqi yo‘q - klub tranfer siyosatiga Ed Vudvord mas’ul edi.

Aynan xaridlar masalasi o‘tgan yillar mobaynida Vudvordni o‘rinli tanqidga duchor qilgan og‘riqli mavzu bo‘ldi. Uning davrida xarid qilingan ilk futbolchi Maruan Fellayni edi. To‘g‘ri, omadsiz xaridlar kam emas jamoada va tanqidlarga qo‘shilish mumkin. Biroq menimcha, masala atrofida muhokamalar ko‘pligiga sabab transferlar ijrochi direktor zimmasidagi ishlar orasidagi ommaga ko‘proq ko‘rinadigan qism bo‘lgani uchundir. Masalan, o‘tgan yillar mobaynida MYU juda ko‘plab homiy va hamkor kompaniyalar va brendlar bilan kelishuvga erishishida, moliyaviy barqaror klub sifatida qolishida aynan Edning hissasi beqiyos. Krishtianu Ronalduni ortga qaytarish orqali esa u o‘zining transferlar tarixiga juda yorqin rangni ham kiritdi. Xullas, "Manchester Yunayted" ijrochi direktorligidan ketayotgan Ed Vudvord aslida jamoa tizimidani birinchi shaxsdir. Endi yangi epoxa boshlanmoqda.

O‘zgarish Vudvordning davrida  natijalar yomonlashgani bois yuz bermoqda deyishyapti. Juda bunday emas menimcha. Nega?

Birinchidan, u to‘liq klub tizimidan chiqib ketmay maslahatchi bo‘lib qolayotgani, asosiy sabab past natijalarda emasligini ko‘rsatadi. Odatda kimnidir natijalar sabab ishdan olishsa butunlay tizimdan olib tashlashadi. Ikkinchidan, Vudvordning lavozimdan ketishi haqidagi xabar 2021 yil aprel oyida, "Superliga operasiyasi" o‘xshamay qolgan davrda e’lon qilingandi. Demak, Vudvord Gleyzerlar tomonidan amalga oshmay qolgan loyihaning no‘noq ijrochisi tamg‘asi bilan ishdan olinmoqda. Bu bir tomondan bosimni o‘zlaridan soqit qilishga o‘xshaydi. Uchinchidan, Ralf Rangnik faktori. Germaniyalik mutaxassis yil oxirigacha bosh murabbiy bo‘lsada, klubga asosan strategik rivojlanish loyihasini amalga oshirish uchun olib kelindi. Bunda u keyinchalik boshqaruvning barcha aspektlari bo‘yicha eng muhim shaxs bo‘lishni istashi tabiiy. Demak, bu tasvirda Ed Vudvord ortiqcha.

O‘z-o‘zidan Vudvordan keyin "Manchester Yunayted"da eng qudratli shaxs bu Ralf Rangnik! Yangi ijrochi direktor Richard Arnold-chi, deysizmi? U bir vaqtlar Devid Gill bo‘lgan mavqeda bo‘ladi maksimum.

Xulosa qilsam, menimcha, "Manchester Yunayted" egalari bo‘lgan Gleyzerlar oilasi bu qarori bilan jamoada qadriyatlar o‘zgarishiga tayyor ekanlarini yana bir bor ko‘rsatishdi. Endi yana vaqt qurbon qilinsada tizimli murabbiy atrofida quriladi hammasi. Ralf Rangnik esa hozir bosh arxitektor. Ko‘raylikchi, u nima qurar ekan!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:46, 07.01.2022.
O'qildi: 3243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.