Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Rangnik «Manchester Yunayted» kuchli to‘rtlikka kira olmasligidan qo‘rqadi: Qishda ketmoqchi bo‘lgan futbolchilar yozgacha qo‘yib yuborilmaydi

Rangnik «Manchester Yunayted» kuchli to‘rtlikka kira olmasligidan qo‘rqadi: Qishda ketmoqchi bo‘lgan futbolchilar yozgacha qo‘yib yuborilmaydi

Baho:
+ | -

ESPN nashrining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, nemis mutaxassisi kiyim almashtirish xonasidagi yomon muhit tufayli «Manchester Yunayted» mavsum yakunida kuchli 4-likka kira olmasligidan xavotirda.

Bir qancha futbolchilar klubini o‘zgartirmoqchi. Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida kam mashg‘ulot o‘tkazgan o‘yinchilar Rangnik kelishi bilan vaziyat o‘zgarishiga umid qilishgan, ammo endi ular yana kamdan-kam qo‘llanilishini his qilishmoqda. Qishda ketmoqchi bo‘lgan futbolchilar yozgacha qo‘yib yuborilmasligi aytilgani «Manchester Yunayted»ning ahvolini yomonlashtirdi. Faqat Antoni Marsyal klubni tark etishiga ishonchi komil.

«Yunayted» Rangnikning 4-2-2-2 sxemasini shubha ostiga oldi. O‘yin modelidan norozilik «Nyukasl» (1:1) va «Vulverxempton» (0:1) bilan muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin kuchaydi. Manbalarning ta’kidlashicha, ba’zi o‘yinchilar yakkama-yakka videodarsni noto‘g‘ri qaror deb hisoblashadi, chunki o‘yinchilar endi jamoadoshlari qayerda bo‘lishi kerakligini bilishmaydi.

Yakka tartibda o‘tkazilgan suhbatda Rangnik o‘z g‘oyalarini futbolchilarga yetkazish uchun mashg‘ulotlarga yetarlicha vaqt topolmaganini tan oldi.

Bundan tashqari, Maykl Kerrikning murabbiylar shtabidan ketishi jamoadagi muhitga jiddiy tasir qilgani aytilmoqda. U futbolchilar va klub rahbariyati o‘rtasidagi aloqani ta’minlab turardi.

Kiritildi: 17:25, 07.01.2022.
O'qildi: 2031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.