Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Andrey Mishchenko: «AGMK bilan chempionlik uchun kurashamiz»

Andrey Mishchenko: «AGMK bilan chempionlik uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -

AGMK klubi yaqinda ukrainalik himoyachi Andrey Mishchenko bilan shartnoma imzoladi. U ukrainalik jurnalistga intervyu berdi.

– Nima uchun Osiyoda qolishga qaror qildingiz? U yerning madaniyati yoqib qoldimi?
– AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning shaxsan o‘zi menga qiziqish bildirgani muhim rol o‘ynadi. Bundan tashqari, AGMKdan aniq taklif tushdi. Shuning uchun uni darhol qabul qildim. Bu variant meni to‘la qanoatlantirdi. Shuning uchun hozir O‘zbekistondaman.

– Moliyaviy jihatdan O‘zbekistonda o‘ynash Tojikistondagiga nisbatan manfaatlimi?
– Ha, O‘zbekistonda haqiqatan ham manfaatliroq. Qay darajada? Bunisi sir.

– Ukrainadan ham takliflar tushdimi? Nima uchun uyga qaytishni istamadingiz?
– Ukrainadan takliflar bo‘lmadi, hech kim men bilan gaplashmadi. Erondan variant bor edi. Shuningdek, ba’zi gap-so‘zlar bo‘ldi, ammo aniq taklif boshqa bo‘lmadi. AGMK va Eron variantidan O‘zbekistonni tanladim.

– O‘zbekiston chempionati haqida nimalarni bilasiz?
– Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston chempionati Osiyo miqyosida yaxshi darajada. Ko‘p jamoa chiroyli va qiziqarli futbol namoyish etishadi. Bu raqobatbardosh musobaqa. O‘yinlarda ishtirok etganimdan so‘ng yanada aniqroq fikr bildirishim mumkin.

– Murabbiy bilan suhbatingiz qanday kechdi?
– Yaxshi. Ko‘rishdik, uning talablarini muhokama qildim. Men ularni tingladim va tushundim. Jamoa manfaati uchun ishlashga va ularning talabini bajarishga harakat qilaman.

– Mashg‘ulot jarayoniga moslashish qiyin kechyaptimi? Ularning o‘yin uslubi «Istiqlol»nikidan keskin farq qiladimi?
– Ochig‘ini aytsam, qiyinchilikka duch kelmadim. Mashg‘ulot jarayoniga qo‘shilishim oson kechdi. Moslashish jarayoni oson va yaxshi kechmoqda. Men Osiyo futbolini bilaman. Shu bois, qiyin bo‘lmasligi kerak. Vaqti kelib hammasi joyiga tushib ketadi, deb o‘ylayman. Shunchaki yangi ish joyiga moslashyapman.

– Sizni O‘zbekistonda qanday hayot tarzi kutayotgani bilan qiziqib ko‘rdingizmi?
– Ochig‘ini aytsam, hozircha bunga qiziqmadim. Bu borada qiyinchilikka duch kelmasligimga ishonchim komil. Jamoada menga yordam beradigan yigitlar bor.

– Taomlanish bo‘yicha qandaydir me’yorlar yoki cheklovlar bormi? Yoki nima istasangiz, shuni yeysizmi? Masalan, tushlikka palov?
– Yo‘q, bu yerda hamma narsa professional yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘shashish mumkin emas. Taomlanish borasida muammo yuzaga kelmasligi kerak.

– O‘tgan yili AGMK kumush medalni qo‘lga kiritishga yaqin turgandi, ammo jamoa yakunda uchinchi o‘rinni egalladi. Ushbu yilda jamoa yuqoriroq o‘ringa da’vogarlik qila oladimi?
– Yuqoriga ko‘tarilish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz. Bunga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman. Jamoada shunga harakat qilishiga ishonaman.

– Shaxsan siz o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘yasiz?
– Faqat maksimal maqsadlar. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz va yakunda oltin medallarni qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylayman. Eng kamida chempionlik uchun jiddiy kurashamiz.

Kiritildi: 18:26, 07.01.2022.
O'qildi: 2415 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.