«Manchester Yunayted» o‘z tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytardi. Bu haqida klubning rasmiy sayti ma’lum qildi. 18 yoshli markaziy himoyachi Uill Fish «Stokport Kaunti» klubidan ortga qaytadigan bo‘ldi.
U 2 marta maydonga tushirilgan edi. Fish 19 yoshgacha bo‘lgan Angliya terma jamoasining sardori hisoblanadi.
«MYU» kelayotgan turda «Aston Villa» bilan bahs yuritadi.