Himoyachi Andrea Konti "Milan"ni tark etadi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi "Sampdoriya" bilan iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolaydi. Kelishuv 3 yilga tuziladi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi joriy mavsumda bor-yo‘g‘i bitta o‘yin o‘tkazdi - 6 yanvar kuni "Roma"ga qarshi (3:1).