PSJ muxlislari uchun bayram kutgandek yakunlanmadi. Klub o‘zlarining yubiley, klub tarixidagi 2500-uchrashuvida Lionel Messi va Neymarsiz nursiz o‘yin namoyish etib, safarda “Lion”ni mag‘lub eta olmadi.
Parijliklar navbatdagi ochko yo‘qotishlariga qaramay, Liga 1 turnir jadvalida katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Boshqa tomondan, PSJ ichki chempionatdagi so‘nggi beshta o‘yinning to‘rttasida durang o‘ynadi.
Jamoaning navbatdagi o‘yini 15 yanvarga belgilangan.