Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Anchelotti: «El-klasiko»da biz favorit emasmiz»

Anchelotti: «El-klasiko»da biz favorit emasmiz»

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bizda hamma narsa joyida va Superkubokka to‘g‘ri ishtiyoq bilan yondoshyapmiz. Mavsumdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritishni istardik. Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin... Biz kuchli raqibga yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Butun jamoa bo‘lib finalga chiqishni istaymiz.

Ertaga Karvaxal asosiy tarkibda tushadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. U bir oydan buyon maydondan tashqarida qolayotgandi. Karvaxal, Rodrigo va Asensio - ertangi bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida turganlar.

"Barselona"da qaysi o‘yinchi sizga ko‘proq yoqadi?

"Pike, Buskets va Jordi Alba hamisha jamoa uchun foydali o‘ynashadi, ammo hozirda diqqat markazda yoshlar bo‘lib turishibdi... Gavi, Niko... ular — jamoaning kelajagi".

Uchrashuv favoriti?

"O‘yinchilar bizni favorit deb hisoblashayotgani meni xavotirga soladi. Bu haqda o‘ylamang. Futbolchilarim bizni favorit deya hisoblashmaydi. Yaxshi o‘yin namoyish etish va g‘alaba qozonish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz".

Xavi?

Xavi boshqaruvidagi "Barselona" — futbol g‘oyasi nuqtai nazardan bu jamoa menga yoqadi. Uning g‘oyalari va ishga bo‘lgan munosabati bilan jamoa yanada kuchli bo‘ladi", - dedi italiyalik mutaxassis.

"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 20:31, 11.01.2022.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик