Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Allegri Superkubok o‘yini haqida: «Biz «Inter»ni mag‘lub etishimiz kerak»

Allegri Superkubok o‘yini haqida: «Biz «Inter»ni mag‘lub etishimiz kerak»

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya superkubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Inter»ga qarshi o‘yin arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz uzatmalar berishda sifatliroq harakat qilishimiz va xotirjamlikni yo‘qotmasligimiz zarur. Biz himoyadan hujumga o‘tishda shoshyapmiz, aslida bunday qilmasligimiz kerak. «Inter» – jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan jamoa. Ertaga biz har bir vaziyatdan unumli foydalanishimiz kerak.

Bizga vaqt kerak. Boisi, tajriba o‘yinlar orqali orttiriladi. Top-klub bo‘lishni istasak, ertaga g‘alaba qozonishimiz shart.

Bu o‘yinda har qanday natija qayd etilishi mumkin, ammo chempionatda kuchli jamoa g‘alaba qozonadi. Avval o‘zimizdan yuqorida borayotgan jamoalarni quvib yetishimiz kerak. Shundan so‘ng keyingi mavsumda sovrin uchun kurasha olishimiz mumkinligiga ishonch hosil qilamiz», – dedi Allegri.

 «Inter» – «Yuventus» uchrashuvi 12 yanvar kuni Milan shahridagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:39, 11.01.2022.
O'qildi: 2428 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик