"Yuventus" hujumchi Alvaro Moratani "Barselona"ga qo‘yib yubormoqchi emas.
O‘yinchining transfer huquqi "Atletiko"ga tegishli.
"AS" nashri xabariga ko‘ra, turinliklar ustozi Massimiliano Allegri futbolchining Kataloniya klubiga o‘tishini ma’qullamaydi. U hujumchini juda qadrlaydi va uni almashtirish haqida o‘ylamaydi.
Oldinroq Morata Allegrining uni qo‘yib yubormaslik qaroridan xafa bo‘lgani, chunki u "Barselona"ga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.