Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/10 15:35 Yaponiya - Avstraliya
15/10 16:00 Janubiy Koreya - Iroq
15/10 17:00 Xitoy - Indoneziya
15/10 19:00 O‘zbekiston - BAA
15/10 19:00 Qirg‘iziston - KXDR
15/10 21:00 Eron - Qatar
15/10 21:00 Iordaniya - Ummon
15/10 21:00 Falastin - Kuvayt
15/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Bahrayn

Xolandga uchun asosiy da’vogarlar — “Barsa”, “Real Madrid” va “Manchester Siti”. Kimning imkoniyati yuqoriroq?

Xolandga uchun asosiy da’vogarlar — “Barsa”, “Real Madrid” va “Manchester Siti”. Kimning imkoniyati yuqoriroq?

Baho:
+ | -

Erling Holandning bo‘lajak transferi Kilian Mbappe bilan bo‘lgan epizoddan ham qiziqroq ko‘rinadi. PSJ va “Real” fransuz futbolchisi uchun kurashayotgan bo‘lsa, norvegiyalikka deyarli barcha top-klublar taklif jo‘natishgan.

Uning “Borussiya” bilan shartnomasi yana 2,5 yilga tuzilgan, ammo Erling buni oxirigacha ishlab chiqmasa kerak. Chunki, futbolchiga talab juda yuqori. Keling, Xolandni sotib olishda kimda imkoniyat yuqoriroq ekani haqida biroz fikr yuritamiz.

 

“Barselona”: futbolchini sotib olish imkoniyati yuqori, lekin pul yo‘q

Joan Laporta Xolandni Kataloniya klubiga olib kelmoqchi - buni “Barselona” prezidenti saylovoldi shtabiga rahbarlik qilgan Luis Karrasko ham tasdiqladi

“Prezident uning o‘yinlarini yoqtirishini bilaman. Qolaversa, men Xoland ham o‘zi yetakchi bo‘ladigan futbol klubiga o‘tishni maqsad qilganidan xabarimiz bor”, dedi Karrasko.

Mumkin bo‘lgan transferning amalga oshish ehtimoli bor. Sababi, Laporta Erlingning agenti Mino Rayola bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatgan. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning dekabrida ular norvegiyalikning “Barselona”ga o‘tishini muhokama qilishgan. Ular hatto agent Laportga Xolandni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga va’da bergani ham aytilgan. Ammo, buning uchun katta summa kerak bo‘ladi.

Pul transfer uchun asosiy to‘siqdir. La Liga rahbari Xavyer Tebas bunga shubha bilan qaraydi: Xoland bilan shartnoma imzolash uchun “Barsa” nafaqat maosh fondini qisqartirishi, balki yana bir qiyin ishni ham qilishi kerak.

“Biz hammamiz bilamizki, Erling qanday maosh so‘rayapti va “Borussiya” qancha talab qilmoqda. Bu holatda “Barsa” deyarli barcha yo‘qotishlarni qoplashi kerak bo‘ladi. Juda qiyin, chunki biz deyarli 500 million yevro haqida gapiryapmiz”, dedi Tebas.

Shu jumladan, “Barsa” allaqachon yangi homiy izlamoqda - ular Yaponiyaning “Rakuten” kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirishni istamayapti.

 

“Real”: pul bor, lekin ular ortiqcha xarajatni istashmaydi

Madridliklar iqtidorli norvegiyalikning transferini amalga oshirishga u qadar ishonch hosil qilmayapti. Ba’zi mish-mishlar boshqalarga zid keladi. Jumladan, “Marca” nashrining xabar berishicha, Madridning “Real” klubi Xolandning ehtimoliy transferini kim oshdi savdosi kutayotganini tushunib, ushbu savdoga aralashishini istamayapti. AS nashri esa buning teskarisini ma’lum qilgan: “Real” Mbappe va Xoland bilan shartnoma imzolamoqchi - klub Erling allaqachon Madridga o‘tish variantini tanlaganini biladi. 

Jurnalist Janluka Di Marsio hujumchining La Ligada o‘ynashni xohlayotganiga ishonchi komil va bu istak “Real”ga ko‘proq ustunlik beradi: “Uni faqat “Real” yoki “Barselona” sotib olishi mumkin, chunki u “Atletiko” yoki boshqa klubga [Ispaniya] o‘tmaydi. Balki shuning uchun ham u agentga “Real”ga transferini amalga oshirishiga harakat qilishini aytgandir. Agar, “qaymoqranglilar” bilan ish bitmasa, “Barselona” variantiga to‘xtaladi. Va shundan keyingina – “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va boshqalar bilan ehtimoliy transfer borasida muhokamaga kirishadi”.

Xolandning o‘zi ham Ispaniyada o‘ynashini aytdi - u Marbelyeda o‘tkazgan Rojdestvo ta’tillarida muxlisga shunday javob berdi.

“Real Madrid”ning moliyaviy ahvoli yaxshi - dekabr oyida Xavyer Tebas Madrid klubi Xolandani ham, Mbappeni ham sotib olishi mumkinligini aytdi: “Real” xohlasa ikkalasini ham xarid qilishi mumkin”.

 

“Man Siti”: Xoland - asosiy maqsad. Yagona raqib – “Real”

Xolandda hali ham APLda o‘ynash imkoniyati bor – “Siti” futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, Manchester klubining asosiy maqsadi – Erling. Ular yaqin haftalar yoki oylar ichida Xolandning vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishni va yozda u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirishgan. Aytgancha, Angliyada norvegiyalik uchun kurashda asosiy raqib “Barselona” emas, balki “Real Madrid”. Ko‘plab manbalar kataloniyaliklar bu klublar bilan raqobatlasha olmasligini aytishmoqda. Ammo, ehtimoliy xaridlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda “Man Siti” boshqa variantlarga ko‘rib chiqadi - Aleksandr Isak va Dushan Vlaxovich.

 

“Borussiya” Xolandni saqlab qola oladimi?

Imkoniyatlar juda kam. Erling katta ehtimol bilan, 2022 yilning yozida Germaniyani tark etadi. Ammo, forvard keyingi olti oyni albatta Dortmundda o‘tkazadi. 

“Xoland yanvarda ketmaydi. Variantlar yo‘q. Yevropaning eng yaxshi hujumchisini qishki mavsumda zarurat bo‘lmaganda sotishga kim rozi bo‘ladi? Albatta, mavsum oralig‘ida uni saqlab qolish qiyin bo‘ladi. Lekin, biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz”, - dedi klub bosh direktori Xans-Yoaxim Vatske.

Ular Xolandni katta moliyaviy taklif bilan o‘ziga tortishga harakat qilishadi. Dekabr oyida “Bild” “Borussiya” uning maoshini ikki baravar oshirmoqchi (yiliga 8 million yevrodan 16 million yevrogacha) haqida yozgan edi. Ammo La Liga yoki Premyer-liga klublari ham deyarli shuncha taklif qilishmoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 17:32, 12.01.2022.
O'qildi: 7416 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.