Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

FIFA 2021 yilning eng qimmat transferlarini ma’lum qildi

FIFA 2021 yilning eng qimmat transferlarini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

FIFA 2021 yilda jahon futbolida amalga oshirilgan transferlar haqida hisobot berdi.

Tashkilot klublar tomonidan sarflangan pullar narxini ochiqlamasdan, 2021 yilning eng qimmat transferlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Unga ko‘ra «Inter»dan «Chelsi»ga o‘tgan Romelu Lukaku 2021 yilning eng qimmat transferi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni «Borussiya D»dan «Manchester Yunayted»ga transfer qilingan Jeydon Sancho egallagan bo‘lsa, «Inter»dan «PSJ»ga o‘tgan Ashraf Hakimi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Qayd etish kerak, ushbu hisobotda faqat turli mamlakatlar klublari o‘rtasidagi transferlar keltirilgan.

2021 yildagi eng qimmat transferlar:

1. Romelu Lukaku («Inter» / «Chelsi»)
2. Jeydon Sancho («Borussiya D» / «Manchester Yunayted»)
3. Ashraf Hakimiy («Inter» / «PSJ»)
4. Rafael Varan («Real» / «Manchester Yunayted»)
5. Temmi Abraham («Chelsi» / «Roma»)
6. Ibraima Konate («Leypsig» / «Liverpul»)
7. Martin Edegor («Real» / «Arsenal»)
8. Amad Diallo («Atalanta» / «Manchester Yunayted»)
9. Eduardo Kamavinga («Renn» / «Real»)
10. Brayan Hil («Sevilya» / «Tottenhem»)

FIFAga ko‘ra, ushbu 10 ta kelishuvga sarflangan pullar 2021 yildagi transferlar umumiy narxining 15 foizini tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:15, 15.01.2022.
O'qildi: 4618 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик