Myunxen klubi bosh murabbiyi Yuulian Nagelsmann jamoaning qishki transferlar vaqtida kuchaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Doim yangi transferlar haqida o‘ylayman, bu – ishimning bir qismi. Men har doim qishki transferlarga muxlislik qilganman, chunki bu jamoa uchun yangi toza havo. Mumkin bo‘lgan yechimlar iqtisodiy jihatdan asosli bo‘lishi kerak. Bizda neft qudug‘i yo‘q", - dedi mutaxassis.