Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

«Dinamo» ukrainalik yarim himoyachi va serbiyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

«Dinamo» ukrainalik yarim himoyachi va serbiyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

2022 yilgi Superliga yangi mavsumi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi safiga Yevgeniy Chumak kelib qo‘shildi. Ukrainalik 26 yoshli yarimhimoyachi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi.

Yevcheniy Chumak Kiyevning «Dinamo» klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, «Dinamo Kiyev» asosiy tarkibida 2ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, faoliyati davomida «Goverla» (Ukraina, 2015), «Torpedo-BelAZ» (Belarus, 2016), «Karpati» (Ukraina, 2016), «Dnepr» (Mogilyov, 2017), «Desna» (Ukraina, 2018), «Bunyodkor» (O‘zbekiston, 2019), «Metallurg» (O‘zbekiston, 2020), «Turon» (Qozog‘iston, 2021) klublari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloye Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner «Dinamo» safiga erkin agent maqomida qo‘shildi.



Miloye Prekovich so‘nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovas» klubi safida o‘tkazib, jamoaning asosiy posboni bo‘lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o‘yinda ham to‘liq to‘p surgan.

Ma’lumotnoma:
Miloye Prekovich
Tug‘ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.
Tug‘ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.
Bo‘yi: 192 cantimetr

To‘p surgan klublari:
2009-2010 - «Mladenovach» (Serbiya)
2010-2012 - «Kosiche» (Slovakiya)
2013-2014 - «Mladost Lukani» (Serbiya)
2015 - «Sloga» (Serbiya)
2016-2017 - «Enisey» (Rossiya)
2017-2018 - «OFK Belgrad» (Serbiya)
2018-2020 - «FK Indija» (Serbiya)
2021 - «Vojdovas» (Serbiya).
2022 - «Dinamo» (Samarqand).

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:19, 15.01.2022.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.