Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Benzemaning o‘yin uslubi o‘zgardimi? Karim javob berdi

Benzemaning o‘yin uslubi o‘zgardimi? Karim javob berdi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Karim Benzema France Football nashriga intervyu berib, bir qator mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Krishtianu Ronalduning ‘Real’dagi davri haqida

U ‘Real’da o‘ynaganida yiliga 50—60 ta gol urgan. Shuning uchun bu haqiqatga moslashishim kerak edi. Maydonda ko‘proq harakat qilishim, unga joy yaratishim lozim bo‘lardi.

U ketganidan so‘ng nazoratni qo‘lga olish, gol urish va jamoadoshlarimga yordam berish navbati menga keldi. Jamoani o‘z bilganimcha boshqaryapman va hammasi yaxshi ketmoqda.

Men Ronaldu kabi o‘ynamayman, u ham Benzema kabi o‘ynamaydi. Krishtianu ‘Real’da o‘ynaganida, men vaziyat yaratib beruvchi, u esa yakunlovchi edi.

O‘yin uslubi haqida

Agar statistik ma’lumotlarni hisobga olmasak, ko‘p gol urayotganim sababli o‘yinim o‘zgargani yo‘q deb o‘ylamayman. Men harakat qilyapman, vaziyatlar yaratyapman, gollar uzatmalar beryapman. Doimo shunday o‘ynay olganman. Hali ham o‘sha futbolchiman.

Avval o‘yin uslubi tufayli tanqidlarga uchragani haqida

Futbol avvalgidek tomosha qilinmayapti. Uchrashuv 90 daqiqa davomida tomosha qilinmayapti, buning o‘rniga ijtimoiy tarmoqlar mavjud.

O‘yinchining maydonda nima qilayotganini ko‘rish uchun vaqt sarflanmayapti, hamma faqat gol urgan o‘yinchiga qaraydi, ertasiga esa u uni eng zo‘ri deb topiladi.

Bu men bilan ham sodir bo‘lgan. Men unchalik yaxshi o‘ynamaganman, lekin gol urganman va eng yaxshi deb tan olinganman.

Menga bunday futbol yoqmaydi, lekin kelajakda bu narsa ko‘payib boraveradi. Futbol faqat statistikaga qaraladigan sport turiga aylanib qoldi. Bunga moslashish kerak va buni yaxshi uddaladim.

Kilian Mbappe haqida

Mbappe allaqachon eng yaxshi o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Uni yorqin kelajak kutmoqda.

Terma jamoada birga o‘ynashimizdan xursandman. Uning salohiyatini va nimalarga qodirligini bilaman.

Ma’lumot o‘rnida. Fransiyalik 34 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 26 o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:13, 16.01.2022.
O'qildi: 1569 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.