"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik "Aston Villa"ga (2:2) qarshi APL uchrashuvi uchun qaydnomada hujumchi Entoni Marsyal yo‘qligini izohlab berdi.
“U jamoada bo‘lishni xohlamadi. Shu sababli Marsyal biz bilan Birmingemga safar qilmadi”, - dedi nemis mutaxassisi.
Avvalroq, 26 yoshli fransiyalik yanvar oyida mankunianliklar klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.













