"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Turin klubi bilan yangi shartnoma imzolash bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
"Men hech kimga hech narsani isbotlashim shart emas", - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Football Italia".
“Men klub va murabbiy ixtiyoridaman. "Yuventus" fevral oyida yangi shartnomani muhokama qilishimizni aytdi".
Hujumchi Italiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Udineze”ga qarshi o‘yinda (2:0) urgan golini nishonlamadi. 28 yoshli argentinalik futbolchi golni nishonlash o‘rniga, "Yuventus" rahbariyati o‘tirgan tribunaga norozi nigoh tashladi. U hali ham Turin klubi bilan 2022 yilning 30 iyunida tugaydigan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.