Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Garrincha haqida qiziq fakt

Garrincha haqida qiziq fakt

Baho:
+ | -

Garrincha haqida eshitgansiz, kamida kattalar gapirib bergan, balki o‘zingiz qiziqib ko‘rgandirsiz. O‘yinlarini bevosita kuzatganlar ham bordir obunachilar orasida, shunday bo‘lsa sizga alohida assalomu alaykum, nabiralar yaxshimi?

Xullas, Garrinchani fantastik futbolchi bo‘lganini bilamiz. Bitta narsa, uni doim futbol qiroli Pele bilan bir darajada gapirilganiga guvohmiz. Pele, Garrinchalar davri deyiladi. Pele, Garrinchalar Braziliyasi deyiladi. Garrinchani ustun qo‘yadiganlar ham bor. Zo‘r edi, qanotdan qochardi, bir oyog‘i kaltaroq edi, oqsoqlanib yugurardiyu to‘pni hech kim olib qo‘yolmasdi, boshqacha edi, deyishadi kattalar. Kino esga tushdi: “Sen undan zo‘rsan, hattoki chiroylisan, bo‘yingam baland. Lekin Qurbon boshqachada”.

Shu futbolchi haqida bir fakt o‘qib qoldim. Garrincha — uning laqabi ekan. Asli ismi Manuel Fransisku dus Santus bo‘lgan. Bolaligida kichik tropik qushchalar boqqan, ularning chug‘urlashiga qiziqar, tovushini o‘xshatar ekan. Sevimli qushi “garrincha” deb nomlanardi. O‘shanda onasi unga - o‘zingam garrinchaga o‘xshab ketyapsan degan ekan. O‘sha-o‘sha 2 karra Jahon chempioni, 1962 yilgi Mundialning eng yaxshi futbolchisi va to‘purari, Braziliya tarixidagi eng buyuk futbolchilaridan biri Garrincha deya yuritiladigan bo‘ldi. Moziyga ham qaytib turish xayrlidir.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 22:40, 16.01.2022.
O'qildi: 3535 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик