28 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi o‘yinning 72-daqiqasida jarohat oldi. Yarim himoyachi uchrashuvni davom ettira olmadi va uning o‘rniga Takumi Minamino maydonga tushdi.
Jarohatning jiddiyligi va futbolchining tiklanish muddati keyinroq ma’lum qilinadi.
Oksleyd-CHemberlen joriy mavsumda Premyer-liganing 15 o‘yinida maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.