Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finali doirasida “Atletik”ka qarshi bahs olib bormoqda (2:0, ikkinchi bo‘lim).
Uchrashuvning 38-daqiqasida madridliklar yarimhimoyachisi Luka Modrich jarima maydonchasidan aniq zarba yo‘llab o‘yindagi hisobni ochdi.
Xorvatiyalik futbolchi eng keksa gol muallifi sifatida Ispaniya Superkubogi rekordini o‘rnatdi.
U 36 yosh-u 129 kunligida ushbu musobaqa finalida gol urdi. Undan oldin rekord Aris Adurisga tegishli edi