17 yanvar kuni Coca-Cola Superligasi bahslarida ishlaydigan hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi. Toshkent shahrida o‘tayotgan yig‘inning dastlabki kunida arbitrlardan normativ testlar olinib, o‘yin qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Keyingi kunlarda esa VAR-simulyatorida mashg‘ulot tashkillashtirish va hakamlarni o‘rtoqlik uchrashuvlarida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Birinchi guruh yig‘ini 21 yanvarga qadar davom etadi. Unda Tojikistondan tashrif buyurgan referilar ham ishtirok etadi. Ikkinchi guruh 24-yanvardan boshlab yig‘inga kirishishi rejalashtirilgan.