Insayder Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Luis Suares «Aston Villa» uchun Braziliyaning uchta klubini rad etgan.
Futbolchi haqiqatan ham Stiven Jerrard bilan birga ishlashni xohlaydi. Suaresga bungacha «Palmeyras», «Korintians» va «Atletiko Mineyro» klublari murojaat qilishdi. Luis undan hozir bezovta qilmasliklarini so‘ragan.
Birmingemliklar Suares va Koutinyo yana birga o‘ynashlarini istamoqda. O‘n yil oldin futbolchilar Jerrard bilan birga «Liverpul»da o‘ynashgan.