«Barselona» bosh murabbiyi Xavi jamoa himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirish borasida fikr bildirdi.
«Uning shartnomani yangilashi «Barsa» uchun ustuvor vazifa. U g‘oliblik xarakteriga ega va jamoa uchun juda muhim futbolchi.
Umid qilamanki, kelishuvga erishiladi, chunki bu futbolchi bizga hozir ham, kelajakda ham kerak. U jamoaga ko‘p narsa bera oladi», - deydi Xavi.
Urugvaylik futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. U kelishuvni uzaytirishga tayyor, biroq maoshi oshishini kutmoqda.