Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘zbekistonda futbolchilarning maqomi va transferiga oid reglament ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda futbolchilarning maqomi va transferiga oid reglament ishlab chiqilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA, O‘zPFL va O‘zbekiston Futbolchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida futbolchilarning maqomlarini belgilash, transferlardagi muammolarini bartaraf etish va tartibga solish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xorij davlatlarida keng qo‘llaniladigan “Futbolchilarning maqomi va transferi reglamenti”ni O‘zbekistondagi loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Ushbu reglament futbolchilarning boshqa klubga o‘tish vaqtidagi qiyinchiliklar va futbolchilar o‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘z o‘rnida har uchala tomon ham ushbu loyiha bo‘yicha taklif va fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shu kungacha bo‘lajak yulduzlarni yetishishiga katta hissa qo‘shayotgan bolalar murabbiylari huquqlari inobatga olinmayotganligi tanqid ostiga olindi. Endilikda, reglament bolalar murabbiylarini va o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarni manfaatlarini himoya qilishi lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Iste’dodli futbolchini yetishtirgan murabbiy bo‘lajak transferlardan rag‘batlantirilishini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish zarurligi belgilandi. Shuningdek, loyihadan o‘rin olishi kerak bo‘lgan boshqa qismlar muhokama qilindi.

Mazkur reglament loyihasi navbatdagi yig‘ilishda qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:04, 20.01.2022.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик