Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Ro‘zimboy Ahmedov o‘tgan yili yo‘l qo‘ygan xatolari va joriy mavsumda «Buxoro»da erishishni istagan maqsadlar haqida gapirdi

Ro‘zimboy Ahmedov o‘tgan yili yo‘l qo‘ygan xatolari va joriy mavsumda «Buxoro»da erishishni istagan maqsadlar haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Yaqinda "Buxoro" klubi bilan shartnoma imzolagan Ro‘zimboy Ahmedov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— O‘tgan yilgi mavsumda Samarqandning «Dinamo» jamoasi safida to‘p surdingiz, ya’ni Hakim Fuzaylov qo‘l ostida, murabbiyning o‘ziga xos jihatlarini sezdingizmi?
— O‘tgan mavsumning birinchi davrasida men «Xorazm» tarkibida to‘p surdim. Shundan so‘ng ikkinchi davradan «Dinamo» safiga kelib qo‘shildim. Har bir murabbiyning o‘ziga xos falsafasi bo‘ladi, futbolchi qanchalik o‘zini tajribali hisoblamasin, baribir murabbiychalik o‘zini ko‘ra olmaydi. Fuzaylov menga asosan sovuqqonlikni o‘rgatdi, juda ham xotirjam murabbiy. Ayniqsa, mag‘lubiyatga uchrayotganda futbolchi murabbiyning his hayajonga berilmay, xotirjam turganini sezsa, bosimga tushmay, oxirigacha g‘alabaga umid qilib, maydonda harakat qiladi. O‘z shogirdlariga bo‘lgan ishonch kuchli Hakim Qayumovichda. Albatta, maydondagi futbolchiga murabbiyning har bir harakati ta’sir qiladi.

—  2022-yilgi mavsumda «Buxoro» jamoasi a’zosiga aylandingiz, jamoadagi o‘zgarishlar, tayyorgarlik jarayonlari va ichki muhit haqida nima deya olasiz?
— Jamoa 3 yanvardan qisqa tayyorgarlik bosqichini Buxoroda o‘tkazib, 14 yanvardan boshlab Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz boshlandi. Jamoaga asosan tajribali, Superliga havosidan bahramand bo‘lgan futbolchilar jamlangan. Qolaversa ko‘plari bilan yaqindan tanishman, birga to‘p ham surganmiz. Ichki muhit ajoyib, hozircha hech qanaqa muammo ko‘rmayapman, futbol o‘ynash uchun barcha sharoit mavjud.

— PRO-liganing yildan yilga mavqei oshib boryapti, bu yilgi mavsumdan nimalar kutyapsiz?
 — PRO-liganing burilish yili deb, hech ikkilanmay o‘tgan yilni aytishim mumkin. Oldinlari Pro-liga desa, unchalik qiziqish uyg‘otmas edi. O‘tgan mavsumda oxirgi turlardagi kurashlar, Superligadan bira yo‘la, 3 jamoaning quyi ligaga tushib ketishi va birinchi bor o‘tish o‘yinida Pro-liga jamoasining ("Olimpik") Superliga jamoasini mag‘lub etib, yo‘llanmani naqd qilishi, bular barchasi futbolimizni jozibador qildi. Bu yangi mavsumda PRO-ligada shunchaki to‘p surib bo‘lmaydi, menimcha xaqiqiy «jang» bo‘ladi. Ishonmasangiz jamoalarga qarab qo‘ying, kimlar Pro-ligada to‘p suryapti.

— PRO-liga statistikasiga etibor bersak, o‘tgan yilgi mavsumda eng sermahsul o‘yinchi deb (gol+pas) sizni e’tirof etsak bo‘ladi.
— O‘tgan yil sermahsul o‘yin ko‘rsatganimga qaramasdan, menga zarar bo‘lgan jihatlar ham ro‘y berdi, kutilmaganda 2 ta o‘yinda qizil kartochka bilan jazolanganim va sariq kartochkalarim to‘planib qizilga aylanib, maydonga tushmaganim, qayerdadir sabrli bo‘lmaganim, qayerdadir qaltis o‘ynab qo‘yganim menga pand berdi to‘g‘risi. Qanchadir o‘yinlarni o‘tkazib yubordim shu sababli. Xudo xohlasa, bu yilgi mavsumda, o‘zimni yaxshi tomonlarimni ko‘rsatishga harakat qilib, o‘tgan yilgidan ham ko‘proq, faol bo‘lishga harakat qilaman. Jamoam g‘alabasi uchun borimni beraman. Albatta hujumchining asosiy vazifasi gol urish, yangi mavsumda ham to‘purarlar qatorida bo‘lish uchun intilaman. Boya aytganimdek, asosiysi jamoamning g‘alabasi, shaxsiy ko‘rsatkichlar men uchun ikkinchi darajali.

— Buxorolik muxlislar haqida nima deya olasiz?
— Buxorolik muxlislar ko‘z o‘ngida to‘p surganman, har safar kelib o‘tkazgan o‘yinlarimizda, kamida 15000 mingdan kam muxlis kuzatmagan o‘yinlarimizni. Respublikada Buxoro, Samarqand va vodiy jamoalari muxlislarining o‘z o‘rni bor. Xohlardimki, stadionimiz tez orada bitib, muxlislarimiz ko‘z o‘ngida to‘p sursak va Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, birgalikda muxlislarimiz bilan bayram qilib nishonlasak.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 14:27, 21.01.2022.
O'qildi: 2024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.