Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Nevill va Karrager 2021 yilning rasmiy terma jamoasini tuzib chiqishdi

Nevill va Karrager 2021 yilning rasmiy terma jamoasini tuzib chiqishdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari - Gari Nevill va Jeymi Karragerlar 2021 yilning rasmiy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Sky Sports ekspertlarining terma jamoasi 4-3-3 sxemasi ostida tuzildi.

Nevillning terma jamoasidan Djanluidji Donnarumma («PSJ»), Leonardo Spinassola («Roma»), Djordjo Kyellini, Leonardo Bonuchchi (ikkalasi – «Yuventus»), Joau Kanselu («Manchester Siti»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Marko Verratti («PSJ»), Jorjinyo («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Erling Xoland («Borussiya» Dortmund) va Kilian Mbappe («PSJ»)lar joy olishdi.

«Liverpul» sobiq himoyachisi Karrager esa Djanluidji Donnarumma («PSJ»), Leonardo Spinassola («Roma»), Djordjo Kyellini («Yuventus»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»), Ngolo Kante («Chelsi»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Marko Verratti («PSJ»), Muhammad Saloh(«Liverpul»), Robert Levandovski («Bavariya») va Kilian Mbappe («PSJ»)larni tanladi.

Nevill ham, Karrager ham o‘z terma jamoalarigan «PSJ» hujumchisi Lionelya Messi va «Manchester Yunayted» a’zosi Krishtianu Ronaldularni kiritishmadi.

«Leo, sen tarkibdan joy ola bilmading. Sen yetarlicha yaxshi o‘ynay olmading, hatto Amerika Kubogida g‘olib chiqqan bo‘lsang ham. Shu sababli, bu tarkibdan Muhammad Saloh joy oldi.

Mavsum avvalida Nevill bilan garov o‘ynagandik – Messi yoki Ronaldu deb. Men Messini tanlagandim, u esa Ronalduni, lekin bu ikki futbolchiga ham tarkibdan joy topilmadi», – dedi Karrager.

Kiritildi: 18:57, 22.01.2022.
O'qildi: 3734 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.