Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Richards - «Manchester Siti» haqida: «APL chempionligini hali naqd qilib ulgurishmadi»

Richards - «Manchester Siti» haqida: «APL chempionligini hali naqd qilib ulgurishmadi»

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» klubi sobiq futbolchisi Mayk Richards APL chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

«Manchester Siti» ayni paytda 57 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Liverpul» esa 45 ochko bilan "shaharliklar"ni ta’qib qilib kelmoqda.

– «Manchester Siti» chempionlikni qo‘ldan chiqarish uchun nima ro‘y berishi kerak?

– Barchasi o‘zlarining qo‘lida. O‘ylaymanki, standartlar juda yuqori bo‘ldi.

Aftidan bir necha marotaba jarohat olgan de Bryuyne ayni paytda o‘z sport formasiga kirib bormoqda. Bernardu esa tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va jamoani hozirgi holatiga olib keldi. To‘g‘risini aytganda, "Manchester Siti" ta’qibchilari o‘rtadagi farqni yo‘qqa chiqarishi ishonmayapman. Faqatgina "shaharliklar"ning o‘zlari chempionlikni boy berishi mumkin, agar ketma-ket qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ysa.

Standartlarni pasayishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘pchilik "Manchester Siti" chempionlikni naqd qilib qo‘ygani haqida gapirishmoqda, lekin bunday emas. «Liverpul» yanada bosimni oshiradi. «Chelsi»da biroz ortga chekinish bo‘ldi, lekin ular o‘zlariga kelib olishlariga ishonishmoqda. Ular chempionlik uchun umidlarini uzmagan deb ayta olaman, – dedi Richards.

Kiritildi: 13:49, 23.01.2022.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик