Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Chelsi" va "Inter" "Shtutgart" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Chelsi" va "Inter" "Shtutgart" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Sky Germany jurnalisti Mark Berenbekning xabar berishicha, "Chelsi" va "Inter" "Shtutgart" himoyachisi Borna Sosaga qiziqish bildirmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, har ikki klub kelasi yozda 24 yoshli xorvatni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, “Aston Villa” futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan edi, biroq nemis jamoasi futbolchi uchun 30 million yevro talab qilgani sababli kelishuv amalga oshmay qoldi.

2021/22 yilgi mavsumda Sosa “Shtutgart” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt.kom portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:35, 23.01.2022.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик