Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Chelsi» Germaniya Bundesligasidan futbolchi harid qilmoqchi

«Chelsi» Germaniya Bundesligasidan futbolchi harid qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» jarohat olgan futbolchisi Ben Chilluellning o‘rniga vaqtinchalik o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda. «Arsitokratlar» yanvar oyi oxirigacha yana bir futbolchi bilan kelishib olishga harakat qiladi. Gap «Shtutgart»ning chap qanot himoyachisi Born Sosa haqida ketmoqda.

Bu haqda Sky Germany nashri jurnalistlari xabar berishdi. 24 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi uchun «Chelsi» taxminan 30 million yevro to‘lashi kerak. Londonliklar keyinchalik sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olish taklifi bilan chiqishlari ham mumkinligi aytilmoqda.

Sosa joriy mavsumda «Shtutgart»ning yetakchilaridan biri. Futbolchi barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 02:10, 24.01.2022.
O'qildi: 1200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик