Himoyachi Serxio Ramos PSJ safidagi ilk golini urdi. Bu Fransiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Reyms»ga qarshi o‘yinda yuz berdi.
Dastlabki daqiqalardan maydonga tushgan 35 yoshli ispaniyalik futbolchi 62-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ramos 2021 yilning yozida «Real Madrid»dan PSJga o‘tgandi, ammo jarohati tufayli uzoq vaqt mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Umumiy hisobda u parijliklar safida 5ta o‘yin o‘tkazgan.