Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

“Tottenxem” Belgiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

“Tottenxem” Belgiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Baho:
+ | -

“Bryugge” klubi hujumchisi Sharl de Ketelare faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. “Tottenxem” 20 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deb yozadi jurnalist Ekrem Konur.

Manbaga ko‘ra, futbolchi yozda “Tottenxem”ga o‘tishi mumkin.

De Ketelarening “Bryugge” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Hujumchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor narxi 27 mln yevroni tashkil qiladi.

De Ketelare joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2020 yilda hujumchi Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan bo‘lib, u to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 02:56, 24.01.2022.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик