Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

APL. "Arsenal" kuchli to‘rtlikka qaytish imkoniyatidan foydala olmagan o‘yin haqida sharx

APL. "Arsenal" kuchli to‘rtlikka qaytish imkoniyatidan foydala olmagan o‘yin haqida sharx

Baho:
+ | -

 

Angliya Premyer-Ligasi 23-turidan o‘rin olgan «Arsenal» va «Byornli» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi. Mazkur bahsda mehmonlar darvozaboni Nik Poup o‘z mahoratini ko‘rsatdi va jamoasi joniga oro kirdi.


Birinchi bo‘limda to‘p nazorati bo‘yicha katta ustunlik qildi va 19-daqiqada Ben Mi Aleksandr Lyakazettning yo‘lini yopishidan oldin Nik Poup Martin Edegorning zarbasidan keyin seyv amalga oshirdi.

Tanaffusdan 10 daqiqa o‘tgach, Edegor jarima zarbasidan to‘pni aylantirib darvoza urchagini nishonga oldi va Emil Smit Rouning say-harakatlari evaziga to‘p maydonda saqlab qolindi va Lyakazett zarba yo‘lladi, biroz noaniq. 


«Byornli» qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani deyarli qo‘lga kiritishi mumkin edi, ammo Duayt MakNilning harakatidan keyin to‘p Aaron Remzdeyl qo‘riqlayotgan darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Angliya chempionati, 23-tur

"Arsenal" -  "Byornli" 0-0

"Emireyts", 23-yanvar 19:00

"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt, Xolding, Gabriel, Tirni, Saka, Edegor, Lokonga, Smit-Rou (Nketia, 77), Lyakazett, Martinelli.

"Byornli" – Poup, Roberts, Mi, Tarkovski, Piters, Lennon, Vestvud, Braunxill, Rodriges (Gudmundsson, 83), Vidra, Maknil.

Ogohlantirishlar: Vestvud (25), Braunxill (30).

 

Uchrashuvda «Arsenal» chap qanot himoyachisi Kiran Tirni eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Ayni paytda «Byornli» 12 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda, 17-o‘rindagi «Norvich» 4 o‘yin zaxirasi bilan 4 ochko ko‘p jamg‘argan. Gollar farqi bo‘yicha top-4 likka kirish imkoniyatini qo‘ldan chiqargan londonliklar 21 uchrashuvdan keyin 36 ochko bilan oltinni o‘rinni band etgan.


Keyingi o‘yinlar

«Arsenal» keyingi uchrashuvni mehmonda «Vulverxempton»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 10-fevral kuni o‘tishi belgilangan. 8-fevralda esa «Byornli» o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Arsenal: 10 fevral, «Vulverxempton» (safarda)
Burnley: 8 fevral, "Manchester Yunayted" (uyda)


Bahs rasmiylari

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahsni Devid Kyut boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishdi.

Bosh hakam: Devid Kyutt
Qanot hakamlari:Geri Besvik, Nik Xopton
Zaxira hakami: Robert Jons
VAR: Kris Kavenag
VAR yordamchisi: Adam Nyunn

Uchrashuv statistikasi bilan tanishib oling.

To‘p nazorati: 75.6-24.4
Darvoza tomon aniq zarba: 5-1
Zarbalar: 20-10
To‘pga teginish: 823-377
Uzatmalar: 643-211
Offsaydlar: 0-2
Sariq kartochkalar: 0-2
Qoida buzishlar: 9-13

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:48, 24.01.2022.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.