Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pioli: "Biz xavfli ko‘rinish olishga harakat qildik"

Pioli: "Biz xavfli ko‘rinish olishga harakat qildik"

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida «Yuventus» (0:0) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng, shogirdlarining o‘yinlariga baho berdi.

«Bugungi sharoit va raqibni hisobga olgan holda, biz to‘g‘ri o‘ynadik, lekin raqib jarima maydonchasi ichida bizga aniqlik yetishmadi. Maydonning holati ham yaxshi emasdi, to‘pni uzatishda ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishga majbur bo‘ldik. To‘pni nazorat qilish uchun qo‘shimcha kuch sarfladik va bu o‘yinni sekinlashtirib qo‘ydi.

Biz xavfli o‘yin namoyish etishga va «Yuventus»ga imkon bermaslikka harakat qildik. Biz Messiasani maydon markaziga yaqin bo‘lgan joy joylashtirdik, ammo hujumlarning so‘nggi bosqichida bizga nimadir yetishmadi. Buni taktik muammo deb o‘ylamagan bo‘lardim, raqib jarima maydonchasi ichida futbolchilarimiz bor edi, lekin yakuniy harakat samara bermadi.

Bizning stakanimizning yarmi bo‘sh, chunki, bugun bahs «Spesiya»ga qarshi o‘yindan keyinroq bo‘lib o‘tdi. Agar biz «Spesiya»ni mag‘lubiyatga uchratganimizda, u holda bugungi durang o‘zgacha qabul qilinardi.

«Yuventus» va «Inter» jamoalari qarshi o‘yinlar kelajagimiz haqida ko‘p narsalarni ko‘rsatib berishini bilardik. Agar «Inter»ni mag‘lubiyatga uchrata olmasak, u holda o‘tgan yilgi mavsum takrorlanadi»-dedi Pioli.

Kiritildi: 19:55, 24.01.2022.
O'qildi: 1121 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.