Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Nagelsmann "Gerta"dan gol o‘tkazib yuborgani uchun "Bavariya"ni tanqid qildi

Nagelsmann "Gerta"dan gol o‘tkazib yuborgani uchun "Bavariya"ni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Bundesliga doirasida «Gerta» (4:1) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ko‘rsatgan o‘yinimizdan qoniqish hosil qildim. Raqibga qarshi pressing uyushtirish borasida juda yaxshi o‘ynadik, ko‘plab golli vaziyatlarni yaratdik va to‘pni juda yaxshi nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda «Gerta» biroz "uyg‘ondi", lekin, haqli g‘alabaga erishdik.

O‘tkazib yuborgan golimiz meni yaratgan vaziyatlarimizdan ko‘ra ko‘proq tashvishga solmoqda. «Gerta»da bitta vaziyat bo‘ldi va bundan unumli foydalandi, qolgan vaziyatlarda yaxshi himoyalandik. Bu kerak bo‘lmagan gol edi. Gol kiritilgan vaziyatda bizga bosim bo‘lmadi - shunchaki to‘pni ushlab turishimiz va raqib nima qilishga urinishini kuzatib turishimiz kerak edi. Hisob 4:0 bo‘lganidan keyin vaziyatni yanada yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak edi. Manuel Noyer ham o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolmoqchi edi, shu sababli, u ham biroz g‘azablandi», – dedi Nagelsmann.

Kiritildi: 22:48, 24.01.2022.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик