Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Xames har jihatdan tezkor

Xames har jihatdan tezkor

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Xames Rodriges Qatarda yurak xurujiga uchragan futbolchi hayotini saqlab qolishda jonbozlik ko‘rsatib, qahramonga aylandi. Kolumbiyalik 30 yoshli futbolchi ayni payt «Yulduzlar ligasi»da «Ar-Rayyan» klubi sharafini himoya qilmoqda. «Real»da kutilgan maqomga erisholmagan futbolchi bu jamoa safiga 2021 yilning sentyabr oyida qo‘shildi. Bunga qadar esa «Everton»da ma’lum vaqtni samarasiz o‘tkazgandi.

Xames Osiyo futbolida birin-ketin alohida voqealar bilan ko‘zga tashlandi. To‘g‘ri, avvaliga yoqimsiz lavha sabab: o‘yinlardan birida sariq kartochka tufayli hakamga tashlandi va buning oqibatida maydondan chetlatildi. Boz ustiga, kiyinish xonasiga yo‘l olishidan oldin referiga qarab, unga istehzo bilan chapak chaldi, yana egnidagi futbolkani yirtib tashladi.

Endi esa hamma Xames Rodriges sharafiga qarsak chal-yapti. Farqi shuki, bu istehzoli emas, samimiy olqish. Birinchidan, kolumbiyalik legioner «Ar-Rayyan»ning «Al-Vakra»ga qarshi o‘yinida «dubl» qayd etdi va jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchidan, maydonda har jihatdan tezkor ekanligini namoyish etdi:

* Birinchi bo‘limda raqib jamoa futbolchisi Usmon Kulibali to‘satdan darvoza oldida maydonga quladi.

* Xames Rodriges hammadan oldin yordamga shoshilib, futbolchining boshini rostladi - nafasi bo‘g‘ilib qolmasligi uchun. Keyin shifokorlar kelishdi.

* Klub shifokori Xames juda muhim harakatni to‘g‘ri amalga oshirganini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, futbolchi hushidan ketgan, yurak urishi zaifligidan zo‘r­g‘a nafas olgan.

Uchrashuvdan so‘ng shifokorlar Kulibali yurak xurujiga uchraganini tasdiqlashdi, ayni payt uning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda. Yoqimsiz holat ortidan shanba kuni boshlangan o‘yin 1:0 hisobida to‘xtatildi va dushanba oqshomi davom ettirildi. Diqqatga sazovor tomoni, shanba kuni xaloskor rolida ko‘ringan Xames uchrashuv davomida qandaydir 3 daqiqa oralig‘ida 2ta gol urdi. Kolumbiyalik futbolchi shu ishlar ortidan «Instagram» tarmog‘ida maqtovlarga burkandi va atigi 2 kun ichida 600 mingdan ko‘p «layk» yig‘di.

* Dushanba kungi o‘yin oldidan jamoalar futbolchilari maydonga Kulibali yozuvi tushirilgan formada tushishdi.

* «Ar-Rayyan» «Yulduzlar ligasi» turnir jadvali 8-pog‘onasida bormoqda.

* Xames Rodriges joriy mavsum 7ta o‘yinda ishtirok etib, «Gol+pas» tizimi bo‘yicha 7 ochko to‘pladi (3ta gol va 4ta samarali uzatma).

* «Ar-Rayyan» va Xames Rodriges o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:30, 25.01.2022.
O'qildi: 4012 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.