Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Arsenal" e’tiborini boshqa hujumchiga qaratdi

"Arsenal" e’tiborini boshqa hujumchiga qaratdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlaxovich «Yuventus»ga o‘tishga yaqin turgani haqidagi ma’lumot tarqalganidan so‘ng, e’tiborini boshqa futbolchiga qaratdi.

Londonliklar endi «Espanyol» hujumchisi Raul de Tomasning xizmatlariga qiziqishni boshladi. Futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yini «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Artetaga yoqmoqda.

De Tomasning transferi borasida hali rasmiy taklif yuborilmadi, lekin «Espanyol» o‘z futbolchisiga «Arsenal», «Vest Xem» va «Lids» klublari qiziqish bildirayotganidan xabardor. «Yuventus» ham de Tomasga qiziqish bildirayotgandi, ammo turinliklar uni ijaraga olishmoqchi edi, shu sababli, «Espanyol» bu taklifga rad javob berdi.

De Tomasning shartnomasida tovon puli 70 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 22:27, 25.01.2022.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик