Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Lingardga Fransiya chempionatidan kutilmagan taklif bor

Lingardga Fransiya chempionatidan kutilmagan taklif bor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jessi Lingard qishki transfer oynasida Fransiya chempionatiga o‘tishi mumkin. L'quipe nashri xabariga ko‘ra, «Nissa» 29 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Biroq, nashrning ta’kidlashicha bu transferning amalga oshish ehtimoli past. Sababi, ingliz klubi so‘ragan mablag‘ «burgutlar» uchun qulay narx emas.

«Manchester Yunayted» Lingard uchun 2,5 million yevro atrofida pul so‘ramoqda, futbolchining maoshi esa yiliga 5 million yevro. Lingardning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. Mavsum oxirida u erkin agentga aylanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Lingard joriy mavsumda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:11, 26.01.2022.
O'qildi: 1167 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик