"Liverpul" va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane kasalxonani tark etdi, deb xabar beradi ESPN.
29 yoshli futbolchi Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni bilan to‘qnashib ketganidan boshidan jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Senegal terma jamoasi Afrika Millatlar Kubogida Kabo-Verde termasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi.